11:12 / 20.02.2015
8 521

Apple elektromobillar ishlab chiqarishni 2020 yilda yo‘lga qo‘yadi

Apple elektromobillar ishlab chiqarishni 2020 yilda yo‘lga qo‘yadi

Apple kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarishni 2020 yilda boshlamoqchi, deya xabar bermoqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.

Qoida bo‘yicha yangi modelni ishlab chiqish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilar 7 yil vaqt sarflaydi. Apple’ning bunday qisqa muddatda o‘z elektromobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga intilishi kompaniyaning Tesla Motors va General Motors kabi raqobatchilar bilan jangga kirishish istagini bildiradi, deb yozadi agentlik.

Apple’ning o‘ta maxfiy rejimda ishlab chiqilayotgan elektromobil loyihasi kompaniya bosh direktori Tim Kuk tomonidan bir yil avval ma’qullangan edi. Loyiha uchun mahsulot dizayni bo‘yicha vise-prezident Stiv Zadeski javobgardi, u avval Ford korporasiyasida ishlagan.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Apple elektromobillar ishlab chiqarishni 2020 yilda yo‘lga qo‘yadi