Andijon viloyati Sud departamenti boshlang‘ich bahosi 615 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan Lamborghini Gallardo sportkarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deyiladi "Kun" nashrida.
Sud qarorlarini ijro etish departamenti saytiga qo‘yilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq kimoshdi savdosi shu yil 22 sentyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan. 2004 yilda ishlab chiqarilgan mashina yaxshi holatda ekani ta’kidlangan.
Shu bilan birga, savdoga qo‘yilgan avtomobillarning kelib chiqishi xususida batafsil ma’lumot keltirilmagan.
Lamborghini Gallardo – 2003-2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, Lamborghini kompaniyasi ishlab chiqqan modellar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi. 11 yil mobaynida mashinadan 14 mingdan ortiq nusxa ishlab chiqilgan. Uning eng arzon to‘plami 160 ming dollarga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?