11:26 / 11.03.2015
5 687

“Top Gear” ko‘rsatuvi boshlovchisi Jeremi Klarkson navbatdagi janjalidan keyin efirdan chetlatildi

“Top Gear” ko‘rsatuvi boshlovchisi Jeremi Klarkson navbatdagi janjalidan keyin efirdan chetlatildi

Avtomobillarga bag‘ishlangan butun dunyoda mashhur bo‘lgan “Top Gear” ko‘rsatuvining boshlovchisi Jeremi Klarkson ko‘rsatuv prodyuseri bilan janjallashgani uchun vaqtinchalik efirdan chetlatildi, deb xabar bermoqda “BBC” telekanali.
54 yoshli boshlovchi “taftish tugagunga qadar” efirga qo‘yilmaydi.
“Top Gear”ning navbatdagi soni efirga uzatilmaydi”, – deb aytmoqda telekompaniya. Kompaniya kelishmovchilikning tafsilotlarini aytishni istamagan.
Shoumen avvallari ham telekanalning rahbariyati bilan tez-tez nizoga borib turgan. Oxirgi bunday holat 2014 yilning mayida yuz bergandi. O‘shanda Klarkson ko‘rsatuv efirida irqchilik kayfiyatidagi so‘zlarni aytganlikda ayblangan edi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Top Gear” ko‘rsatuvi boshlovchisi Jeremi Klarkson navbatdagi janjalidan keyin efirdan chetlatildi