Bir hafta oldin Slovakiyada uchadigan avtomobil tayyorlangani haqida xabar bergan edik.
AeroMobil 3.0 deb atalgan ucharmobilning Rotax 192 nomli dvigateli yuz ot kuchiga egadir. Havoda soatiga 200 km tezlikda parvoz qiladi. Havoga ko‘tarilishi uchun 310 metrli uchish yo‘lagi lozim. Uchish paytida yonilg‘i sarfi 100 kmga 15 litr.
G‘arb saytlari unga “birinchi uchadigan avtomobil” deya ta’rif bermoqda. Bu to‘g‘ri emas. 20 yil muqaddam Amerikaning firmalaridan biri uchadigan avtomobil ishlab chiqargan, ammo avtosanoat unga qiziqish bildirmagan.
Darvoqe, ucharmobilning bahosi 200 ming evro turishi ma’lum bo‘ldi. Bu pulga vertolyot, hattoki, 4-5 yo‘lovchini oladigan samolyot sotib olsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi