15:37 / 26.10.2016
8 329

Ravon yil boshidan beri Rossiyada 725 dona avtomobil sotdi

Ravon yil boshidan beri Rossiyada 725 dona avtomobil sotdi

Yil boshidan beri Ravon brendi Rossiya hududida 725 dona avtomobil sotdi. Bu ko‘rsatkich sentyabrda 290 ta mashinani tashkil etdi. Bu haqda Daryo.uz xabar bermoqda.

Rossiyaliklar orasida Ravon R2 xaridorgir bo‘lmoqda (yil boshidan beri 511 ta, sentyabrda — 236). A-sinfdagi avtomobillar sotuvi natijasi bo‘yicha model birinchi o‘rinni egalladi.

Hisobot davrida Ravon Gentra sedani 164, Rossiya avtobozorida sentyabrda paydo bo‘lgan Ravon Nexia R3 esa 38 dona sotildi. Qachonlardir rosa ommalashgan Matiz avtomobilidan esa bor-yo‘g‘i 12 tasi o‘z xaridorini topdi, xolos.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Ravon brendining Rossiyada 19 ta dilerlik markazi ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon yil boshidan beri Rossiyada 725 dona avtomobil sotdi