Nemislarning yangi Apollo Arrow superkari amerikaliklarning Scuderia Cameron Glickenhaus (SCG) firmasi ishtirokida tayyorlanadigan bo‘ldi.
SCG kompaniyasi sohibi Jeyms Glikenxaus nemis hamkasbi Roland Gumpertga yordamlashmoqchi. Bu yaqinda tashkil etilgan Apollo firmasining birinchi avtomobili bo‘ladi. “Apollo” 2013 yilda kasodga uchragan Gumpert kompaniyasi o‘rnida tashkil etilgan.
Sportkar prototipi shu yilning bahorida Jeneva avtosalonida ko‘rsatilgan. Gumpert o‘shanda avtomobilni seriyali ishlab chiqarishdan og‘iz ochmagan, chunki ko‘pdan beri moliyaviy qiyinchilikni boshdan o‘tqazayotgan edi.
Hamkor topilgach, moliyaviy tashvishlar yo‘qoldi. Bundan tashqari AQShlik biznesmen loyihaga Italiyaning Manifattura Automobili Torino kompaniyasini ham tortdi. Bu firma Apollo Arrow uchun kompozit kuzov paneli etkazib beradi. Gumpertning eski qadrdoni Audi esa ming ot kuchiga ega motor tayyorlab beradi.
Shunday qilib uzoq kuttirgan sportkar vazni 1300 kg bo‘lgani bilan yuz tezlikka 2,9 soniyadayoq erishishi ma’lum bo‘ldi. Maksimal tezligi esa soatiga 360 km bo‘lishi kutilyapti. Kelgusi yilning yozida Angliyaning Gudvud shahrida namoyish etiladi. Savdoga esa 2018 yildan boshlib chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»