Internet foydalanuvchilari tomonidan «platinum», «oltin», «kumush» va «bronza» avtomobil raqamlari necha pul turishi ko‘rsatilgan hujjat e’lon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan eng sara avtomobil raqamlari savdosi tashkillashtirilishi mumkin. Bu haqda internetda bir yo‘la bir nechta o‘zbek guruhlari ma’lumot tarqatgan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Internet-foydalanuvchilari ushbu xabarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun «platina», «oltin», «kumush» va «bronza»ga bo‘lingan avtomobil raqamlari bahosi ko‘rsatib o‘tilgan hujjat suratini ilova qilishgan
Eng qizig‘i, ushbu xabarni qizg‘in muhokama qilayotgan internet foydalanuvchilari ikki guruhga bo‘lindilar: birinchi tomon bu xabar haqiqat ekanligini ta’kidlasa, ikkinchi tomon e’lon qilingan hujjat — yolg‘ondan boshqa narsamasligini aytib, barchani bunga ishonmaslikka chaqirmoqda.
Izoh qoldirganlarning aksariyati, ayni vaqtda avtomobilning «zolotoy» raqami faqatgina pora evaziga sotilayotganini va yuqoridagi yangilik rost bo‘lsa, yanada yaxshi bo‘lishini aytishgan. «Va nihoyat, endi pullar egri qo‘lli mansabdorlar cho‘ntagiga emas, balki davlat g‘aznasiga tushar ekan, shunisi ham ma’qul», — deya fikr bildirgan aksariyat internet foydalanuvchilari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?