23:38 / 17.11.2016
8 268

AQShda shovqinsiz elektromobillar taqiqlanadi

AQShda shovqinsiz elektromobillar taqiqlanadi

Elektromobillarning shovqinsiz harakatlanishi afzallik sifatida talqin etiladi, ammo muayyan nozik holatlarda uning zarari ham bor. Mashinaning baland ovoziga o‘rgangan piyoda va velosipedchilar transport yaqinlashayotganini sezmaganligi ortidan baxtsiz hodisa kelib chiqishi hech gap emas. AQSh transport vazirligi qoshida joylashgan yo‘llardagi harakat xavfsizligi Milliy boshqarmasi (NHTSA) tashabbusi bilan endilikda elektromobilsozlarga yangi talab qo‘yiladigan bo‘ldi. Yangi federal standart bo‘yicha gibrid va elektrli transport ishlab chiqaruvchi konsernlar mashinaga shovqin hosil qiluvchi moslama o‘rnatishi shart, deb yozmoqda Carzone.uz sayti.

Qonun mualliflari uqtirishicha yangi talab ko‘zi ojiz va xira ko‘radigan hamda beparvo piyodalarga yordam beradi. Elektromobilga shovqin uskunasi qo‘shilishi yillik YTHlar sonini 2,4 mingga qisqartirishini ekspertlar ta’kidlamoqda.

To‘g‘ri, elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yangi talab uchun tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi. Qonun 2019 yilning 1 sentyabridan kuchga kiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQShda shovqinsiz elektromobillar taqiqlanadi