Zaporojsk avtomobil zavodi mahsulotlari safini kengaytirish payida.
Bir muddat avval Xitoyda Chery markasining yangi krossoveri sotila boshlangandi (rasmdagi). Tiggo 3X ixcham krossoveri yosh xaridorlarga mo‘ljallab, bejirim va arzon ishlangan. Komplektasiyasiga qarab 63900 yuandan 79900 yuangacha narxda sotiladi. Uzunligi 4200, kengligi 1760, bo‘yi 1570, g‘ildiraklar bazasi 2555 mm. 1,5 litrli motori 106 ot kuchiga egadir.
“Avtosentr” nashri UkrAVTO korporasiyasi vakillariga asoslanib xabar berishicha, yuqoridagi krossoverni ukrain avtomobilsozlari ham ishlab chiqarish imkonlarini chamalamoqda.
Ammo ukrainlar yurtida yangi krossover ishlab chiqarilishi hali gumon. UkrAVTO bildirishicha, qachonki yiliga 30 ming krossover ishlab chiqarilsa loyiha o‘zini oqlashi mumkin. “Ukravtoprom” avtomobilsozlar uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra 2016 yilning 9 oyi mobaynida ukrain avtobozori hajmi 50 ming avtomobildan sal oshdi xolos.
Bordiyu, Tiggo 3X o‘zi “ZAZ” emblemasini taqishni istaganda ham bu osonlikcha amalga oshmaydi. Chunki oktyabr oyida “ZAZ”ning bozorga chiqargan mashinalari soni yuzga ham etmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi