14:37 / 26.11.2016
6 935

Rossiyada eski yapon avtomobillaridan elektromobil tayyorlanadi

Rossiyada eski yapon avtomobillaridan elektromobil tayyorlanadi

Rossiyaning Primoresida minilgan yapon avtomobillari asosida cho‘ntakbop elektromobillar yig‘ish yo‘lga qo‘yilmoqda. Yaponiyaning Arai Shoji korporasiyasi va Rossiyaning “Sumatori” xoldingi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda Carzone sayti yozmoqda.

“Gap shundaki, Yaponiyada avtomobillarni utilizasiya qilishning ayrim talablari o‘zgardi va elektromobilga aylantirish mumkin bo‘lgan juda yaxshi avtomobillarni deyarli tekinga olish imkoni paydo bo‘ldi”, deydi “Sumatori”ning bosh direktori Vitaliy Verkeenko.

Loyihaga 500 mln rubl atrofida sarmoya kiritiladi. Zavodda 100 ish o‘rni vujudga keladi.

Endi yiliga besh mingtacha avtomobil Vladivostokka olib kelinadi hamda ulardan elektromobil tayyorlab Hindiston, Tailandga va Rossiyaning o‘zida sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada eski yapon avtomobillaridan elektromobil tayyorlanadi