2017 yilning oxiridan boshlab Polsha hukumati avtomobil hujjatlari o‘rniga smartfondan foydalanmoqchi.
Polsha raqamli texnologiyalar vaziri Anna Strejinskaya haydovchilik guvohnomasi, texnik talon kabi hujjatlarning o‘rniga smartfonni amalga kiritmoqchiligini bildirdi. “Mobil hujjatlar” kelasi yilning bahorida paydo bo‘ladi, iyunning oxiridan esa elektron xizmat to‘laqonli ravishda ishlay boshlaydi. Oktyabr oyida tizimga haydovchilik guvohnomalari bazasi ulanadi. Boshqacha aytganda “prava”ni olib yurishga hojat qolmaydi.
Bundan tashqari Polshada avtomobilning qayddan o‘tkazilganligi kartochkasi va sug‘urta polisi hujjatlari ham kelasi yil oxirigacha bekor qilinadi. Ammo istovchilar plastik va qog‘oz blankalardan foydalanishni davom ettirishi mumkin.
“Mobil hujjat”ni tekshirish quyidagicha kechadi: fuqaro ism-sharifi va shaxsiy identifikasion raqamini (Polshada PESEL) aytgach, mobil telefoniga kelgan SMS kodni polisiyachiga ko‘rsatishi mumkin. Shundan so‘ng tartib posbonlari to‘xtatilgan haydovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni ko‘rib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi