14:23 / 28.11.2016
7 555

GM Uzbekistan Ozarbayjonda Ravon'ni namoyish etdi (foto)

GM Uzbekistan Ozarbayjonda Ravon'ni namoyish etdi (foto)

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida O‘zbekistonning yangi Ravon brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimi ochilishida O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Sherzod Fayziev yengil avtomobil ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat ekanigini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“O‘zbekiston avtomobillari o‘zining texnik xususiyatlari, ishonchliligi, sifati va hamyonbopligi bilan Ozarbayjonda ham o‘z xaridorlariga ega bo‘lgan”, deydi Sherzod Fayziev. Uning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 20 xildagi avtomobil ishlab chiqariladi va ular dunyoning 10 dan ziyod davlatlariga eksport qilinadi.

Taqdimot marosimida Ravon-R2, Nexia R3, R4 va Gentra rusumdagi avtomobillar namoyish etildi. Marosim davomida General Motors – Uzbekistan zavodi ish faoliyatiga doir videorolik namoyish etildi.

Taqdimot marosimida O‘zbekistondan tashrif buyurgan xonandalar ham ishirok etishdi va tadbir ularning konsert dasturi bilan yakunlandi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan Ozarbayjonda Ravon'ni namoyish etdi (foto)