AQSh bozori uchun ishlab chiqariladigan ikki avtorusum eng yaqin svetoforning qizil chirog‘i qachon yonishini oldindan sezish imkoniga ega bo‘ldi. Kompaniya o‘z mashinalari svetoforlar bilan muloqot o‘rnatgani haqida e’lon qildi.
AQSh uchun mo‘ljallangan Audi A4 va Audi Q7 rusumlariga Audi connect tizimi o‘rnatiladi.
Svetofor ma’lumotlari “Audi”ning hamkori Traffic Technology Services markaziga yuborib turiladi. Uning serverlari orqali ishlov berilgan ma’lumot shu ondayoq internet vositasida Audi avtomobillariga uzatiladi. Dastlabki “Time-to-Green” xizmati orqali virtual uskunalar panelida yoki proeksion displeyda haydovchi yashil chiroqqa etib bora olishi yoki olmasligini ko‘rib turadi. Agar yashilga ulgurmasligi muqarrar bo‘lsa, taymer yashil chiroqning navbatdagi yonishigacha qolgan vaqtni hisoblay boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi