12:25 / 20.12.2016
7 010

Xitoyda bir yilda 21 mlndan ortiq mashina sotildi

Xitoyda bir yilda 21 mlndan ortiq mashina sotildi

“Avtostat” agentligi bildirishiga qaraganda Xitoy bu yili avtomobil sotilishi bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatishi mumkin.

11 oy davomida Xitoy bozori ko‘rsatkichlari 15,6 foizga o‘sib, 21 679 100 dona avtomobil sotildi. Bu o‘tgan yilda sotilgan mashinalarning umumiy sonidan ortiqroqdir.

Mashinalar savdosining qiziganligini dvigatel hajmi 1,6 litrgacha bo‘lgan avtomobillar xaridiga qo‘yilgan soliqning pasaytirilishi bilan izohlash mumkin. Bu sotilgan jami mashinalarning 70 foizi deganidir.

Avtopark kengayishining yana bir sababi shahar aholisining o‘sishidir. Xitoy fuqarolari yaxshi hayot ilinjida tug‘ilgan joyini tashlab katta shaharlarga kelib o‘rnashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda bir yilda 21 mlndan ortiq mashina sotildi