Rossiya avtomobil sanoatidagi yangi Lada Vesta va Lada Xray modellari Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin. Mashinalar O‘zbekiston, Tojikiston va mintaqaning bir qator boshqa davlatlariga Qozog‘istondagi «Aziya-Avto» korxonasi orqali etkazib berilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.
«Kolesa.ru» portalining xabar berishicha, avtomobillar Ust-Kamenogorskda joylashgan «Aziya-Avto» zavodida yig‘ilmoqda.
Qozog‘iston korxonasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Lada avtomobillarini 2017 yilda 10 ming nusxada chiqarish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonga «AvtoVAZ»dan tashqari Ravon brendi ham etkazib berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi katta hukumat delegasiyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga 26 dekabr kuni tashrif buyuradi. Ushbu tashrif chog‘ida bu masala yuzasidan ham aniqlik kiritilishi ehtimolga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi