Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida uzunligi 24 kmga cho‘zilgan transport yo‘lagi barpo etish ishlari boshlandi. Unga kiritilgan sarmoya 46 mlrd yuanligi baholanmoqda (bu taxminan 6,6 mlrd dollarga teng), deb yozadi Carzone sayti.
Loyihaga asosan transport yo‘lagi tonnel-ko‘priklar va sun’iy orolchalardan tashkil topadi. U Shenchjen shahrining yaqinidagi Chjuszyan daryosi etagi qirg‘oqlarini birlashtiradi.
Ko‘rfazning ikki tarafi orasidagi masofa ilgari 2 soatda bosib o‘tilsa, qurilish ishlari yakun topgach, 20 daqiqaga tushadi. Yo‘l ikki yo‘nalishda sakkiz polosadan iborat. Tonnel-ko‘prik o‘tish yo‘lida soatiga 100 km tezlikda yuriladi.
XXR uch yil davomida transport infrastrukturasi qurilishi loyihalari uchun 725 mlrd dollar sarmoyalashini may oyining oxirida Xitoy Xalqaro radiosi (CRI) e’lon qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi