17:16 / 18.04.2015
6 887

Hyundai mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan texnologiya uchun patent oldi

Hyundai mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan texnologiya uchun patent oldi

Hyundai kompaniyasi mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan va haydovchiga xalaqit beradigan bir qator funksiyalarni cheklaydigan texnologiya uchun patent oldi. Kompaniya mutasaddilarining fikricha, bu haydovchini chalg‘ituvchi narsalarni kamaytiradi va yo‘l xavfsizligining ta’minlanishiga yordam beradi. Bu texnologiya ayniqsa yangi haydovchilarga qo‘l kelishi mumkin, deb yozadi Kun.uz.

Texnologiyaning ishlash prinsiplari qisman oshkor etildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinaning elektronikasi telefonlarda SMS yozishni cheklab qo‘yib, barcha xabarlarni og‘zaki kiritish funksiyasini ishga tushirishi mumkin. Texnologiya tezlik, ob-havo, soat va boshqa jihatlarni e’tiborga olib qanday imkoniyatlar va funksiyalarni cheklash kerakligini belgilaydi.

Texnologiya ishlashi uchun mashina ichiga maxsus antennalar o‘rnatilib, ular mobil aloqa vositalarning signallarini tutib boradi. Ayni paytda, antennalarning uyali telefon bilan aloqasini ta’minlash uchun unga maxsus ilova o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Texnologiya qachon va qanday modellarda qo‘llanilishi ma’lum qilinmagan.

Shunga o‘xshash texnologiyalar boshqa avtokonsernlar tomonidan ham ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yaqinda Chevrolet yangi avlod Malibu mashinalari uchun haydovchining yoshiga qarab tezlikni cheklaydigan Teen Driver texnologiyasini ishlab chiqqani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hyundai mashina ichida mobil telefonlarni o‘chirib qo‘yadigan texnologiya uchun patent oldi