2010 yildan 2016 yilgacha bozordagi narx tendensiyasini tahlil qilgan McKinsey kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida akkumulyatorlar bahosi 80 foizga tushganini ma’lum qildi.
Hozir akkumulyator narxi uning kVt•soatiga bog‘liq. McKinsey konsalting kompaniyasining ekspertlari elektromobildagi batareyaning bir kVt•soati narxi 230 dollarga to‘g‘ri kelayotganiga urg‘u berdi. Bunga asoslanib, oddiy avtomobil va elektromobil bahosi orasidagi farq taxminan 14 ming dollarga tenglashganini hisoblash mumkin. Elektromobillarning o‘rtacha batareya sig‘imi 60 kVt•soatga teng.
Hozir, asosan, litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarilmoqda. Soha ekspertlari kelasi o‘n yillikda kompaniyalar litiy-oltingugurtli akkumulyator ishlab chiqarishga o‘tishini bashorat qilyapti. Natijada batareyalarning sig‘imi ortadi, elektromobillarning bahosi pastlaydi, deb yozadi Carzone sayti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi