Britaniyaning Rolls-Royce avtomobilsoz kompaniyasi Phantom modelining ikki eksklyuziv ekzemplyari chiqarilganini ma’lum qildi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.
Rolls-Royce Motor Cars Sharqiy Evropa va MDH bo‘yicha korporativ kommunikasiyalar direktori Frank Timmanning ma’lum qilishicha, avtomobillar xitoylik milliarder Stiven Xuanning buyurtmasiga asosan yasalgan. Kelajakda biznesmenga tegishli, Makaoda joylashgan The 13 mehmonxonasiga xizmat ko‘rsatuvchi 30 ta Phantom mana shu namunalar asosida yasaladi.
Mashinalarning kuzovlari 999-proba oltin bilan qoplangan, kapotdagi emblema esa 750-probali 97,1 gramm tilladan ishlangan. RR monogrammasi 336 ta qirralangan olmoslardan yasalgan.
Bundan tashqari, kuzov bo‘ylab bezak chizig‘ini zargar Mark Kurt o‘z qo‘llari bilan tushirgan.
Mashina eshiklarida joylashgan zont dastalari ham oltindan ishlangan.
Mazkur avtomobillarni yig‘ish uchun Gudvuddagi zavodda yangi uskunalar o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?