00:27 / 23.01.2017
7 355

Xitoy avtomobilsozlik kompaniyalari AQSh bozorini zabt etmoqchi

Xitoy avtomobilsozlik kompaniyalari AQSh bozorini zabt etmoqchi

Xitoyning BYD kompaniyasi yaqin 2-3 yil ichida AQShda elektromobillari va gibridlarini sotishni boshlamoqchi. Bu haqda "Kommersant’" nashriga tayanib "Kun.uz" sayti xabar bermoqda.

BYD AQSh yengil avtomobillari bozoriga chiqadigan Xitoyning birinchi avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lishi mumkin. Hozirda AQShda bu brendning avtobuslari sotilmoqda, yaqin yillarda xitoyliklar AQSh aholisiga gibridlar va elektrokarlarni taklif qilmoqchi.

Avvalroq Xitoyning Guangzhou Automobile Group kompaniyasi sho‘’ba korxonasi GAC Motor 2019 yilda AQSh bozoriga chiqmoqchi ekanligi ma’lum qilingandi. Kompaniya yuk mashinalari, avtobus va yengil avtomobillar ishlab chiqaradi va Toyota, Honda va Fiat kabi nomdor kompaniyalar bilan hamkorlik tajribasiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoy avtomobilsozlik kompaniyalari AQSh bozorini zabt etmoqchi