9 032
Rayhonning o‘zbek tilidagi boshlovchilik faoliyati muxlislar e’tiroziga sabab bo‘ldi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva “Milliy tv” telekanalida ish boshlagani haqida xabar bergan edik, deyiladi "Darakchi" nashrida.
“Xit-parad” dasturini o‘zbek tilida olib borayotgan Rayhonning boshlovchilik faoliyati tomoshabinlar tomonidan tanqid ostiga olindi. Xonandaning Instagram`dagi sahifasiga joylagan videorolikka aksariyat muxlislar tanqidiy izohlar yozib qoldirmoqda:
“O‘zbek tilini bilmagan inson tvda ishlashi g‘alatiku. Qo‘shiqni buzib aytganiga chidayotgandik. Endi tvda o‘zbekchani buzib gapirishiga ham chidarkanmizda. Tvda tuzukroq o‘zbekchani biladigan jurnalist yo‘q bo‘lsa, telekanal ochib nima qilisharkin?”.
“O‘zbekchani o‘rganing. Uyatmasmi o‘zbek kanalida, O‘zbekistonda yashab. Ruslar o‘zbekchani sizdan yaxshiroq biladi”.
“Assalomu alaykum, Rayhon opajonim. Ijodingizni judayam qattiq hurmat qilaman. Siz televizorga chiqsangiz boshqa kanalga olmay ko‘raman. Bir iltimosim, o‘zbek boshlovchisi bo‘lishdan voz keching, ruschada olib borishga rozi bo‘ling. Milliy telekanalimiz va o‘zbek tilini erga urib, sharmanda qilmang. Tanqidni to‘g‘ri qabul qiling. Qo‘shiq aytishda davom etganingiz ma’qul. Boshlovchilikni o‘z ustalariga topshiring”.
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhon bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. Fursatdan foydalanib, “Zamin.uz” tahririyati nomidan xonandani tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!