Avvalroq, “Million” jamoasi o‘zining uzoq kutilgan konsert dasturini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edik. 14-18 sentyabr kunlariga belgilangan konsert dasturi ayni kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Jamoaning navbatdagi konsert dasturini nafaqat muxlislar, balki “Million”chilarning o‘zi ham orziqib kutgani rost. Shu sabab konsert kunlariga yana 3 kun qo‘shildi. Bu haqda jamoa a’zosi Davron Kabulov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar bermoqda.
“Muxlislar talabiga binoan “Million” jamoasining “Istiklol” saroyida bo‘lib o‘tayotgan konsertiga yana 3 kun qo‘shildi uzoq tanaffus va konsertning birinchi kunidagi texnik kamchiliklarga qaramasdan, bizni yolg‘izlatib qo‘ymagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman!”, deb yozadi Davron Kabulov.
Ma’lumotlarga qaraganda chiptalar savdosi allaqachon boshlangan. Qolaversa, jamoa a’zolari 17-18 sentyabr, shanba va yakshanba kunlari konsert dasturini ikki mahal, ya’ni soat 15:00 va 19:00 da taqdim etishmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?