11:04 / 23.09.2016
11 167

«Dunyo bo‘ylab» telekanalining yolg‘onlarini fosh etishmoqda

«Dunyo bo‘ylab» telekanalining yolg‘onlarini fosh etishmoqda

Internet tarmog‘ida shou-biznes olamini yoritib boruvchi jurnalist Yodgorbek Yuksal «Dunyo bo‘ylab» telekanalining ba’zi kamchiliklarini sanab o‘tdi. «Aslida bu mavzuga avvalrok qo‘l urmoqchi edik. Chunki ko‘plab telekanallarda ishtirok etayotgan shaxsning yoki qo‘shiqchi xonandaning ismi va familiyasi xatolik va noto‘g‘ri yozish bilan ko‘rsatilyapti. Hattoki “Ob- xavo” ma’lumotlari kalendarda yo‘k sanaga ham berilmoqda» deb yozadi jurnalist shok.uz sahifasida.


«Muxlislarimiz yuborgan bu suratda “Dunyo bo‘ylab” telekanali bir shaxsni ikki xil ism va familiya, ikki xil kasbda xalqqa ko‘rsatishmoqda. Mazkur kanalning xodimlari titr yozishayotganda uxlab qolishganmi yoki bir ayol kishini ikki xil ko‘rinishda, ikki xil ismda, ikki xil kasbda ko‘rishganmi?! Suratlarga yaxshilab razm soling yoki biz adashyapmizmi…. Yoki telekanalda fikr bildirayotgan ayol o‘zini ikki xil kasbda, ikki xil ism va familiyada tanishtirdimikan?! Kasbga e’tibor beradigan bo‘lsak shifokor bilan kosmetolog qaysidir bir jihatdan ma’lum maqsadlarda bir bo‘lishi mumkin ammo, ism va familiya ikki xil bo‘lishi ajablanarli. Boz ustiga bechora ayol bir xil kiyimda bir joyda o‘tiribdi.»

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Dunyo bo‘ylab» telekanalining yolg‘onlarini fosh etishmoqda