14:47 / 10.03.2015
7 329

Ledi Gaga qallig‘i unga turmush qurish taklifini qanday bildirgani haqida gapirib berdi

Ledi Gaga qallig‘i unga turmush qurish taklifini qanday bildirgani haqida gapirib berdi

14 fevral kuni qo‘shiqchi Ledi Gaga aktyor Teylor Kinni bilan unashtirilgani haqida xabar bergan edik. «Segodnya.ua» yozishicha, xonanda qallig‘i unga turmush qurish taklifini qanday bildirgani haqida gapirib berdi.

Aktyor bu masalaga ijodiy yondashib, Ledi Gagani chuv tushirish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib yubormagan: yigit unga dastlab brilliant o‘rniga konfet qadalgan o‘yinchoq uzukni taqdim qilgan.

«Men his-hayajondan yig‘lab ham yubordim va ‘Ha!’ deb javob berdim, shundan keyingina u brilliant ko‘zli uzukni chiqardi. Lekin men konfetlisiga ham rozi edim», — dedi Ledi Gaga.

Shuningdek, xonanda unashtiruv uning hayotini yaxshi tomonga burib yuborganini ta’kidladi: «Sevsang va bunga javoban sevilsang, barchasi yaxshilanib ketadi».

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ledi Gaga qallig‘i unga turmush qurish taklifini qanday bildirgani haqida gapirib berdi