Pokistonning yirik kinoteatrlari mamlakat qurolli kuchlari bilan birdamlik ramzi sifatida hind filmlari namoyishini man etdi. Taqiq poytaxt Islomobod va Karachi, Lahor shaharlarida joriy etildi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.
Kinozallar tarmoqlari va alohida kinoteatrlar hind filmlarini kamida bir necha hafta yoki ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izga tushmagunicha ko‘rsatmasliklarini ma’lum qildi. Ayni paytda, kinoteatrlar egalari ushbu qarordan moliyaviy jihatdan zarar ko‘rishi mumkinligini yashirmayapti — Bollivudda ishlab chiqarilgan filmlar Pokistonda juda ommalashgan. Mamlakat kinosanoati qo‘shni davlat bilan raqobatlashishga harakat qilmoqda, biroq hozircha buning uddasidan chiqolmayapti.
Bundan avvalroq Hindiston prodyuserlari assosiasiyasi pokistonlik aktyorlarga Bollivudda ishlash man etilishini e’lon qilgandi.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar terrorchilar 18 sentyabr kuni Kashmirda hind harbiylariga hujum qilib, 18 kishini o‘ldirganidan so‘ng taranglashdi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi. Mazkur hodisadan so‘ng nazorat chizig‘ida bir necha bor otishmalar yuz berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!