14:40 / 13.10.2016
17 261

Xonanda Rayhonning efir ortidagi harakatlari aks etgan video o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi uchun tanqidga uchradi

Xonanda Rayhonning efir ortidagi harakatlari aks etgan video o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi uchun tanqidga uchradi

O‘zini teleboshlovchilikda ham sinab ko‘rayotgan xonanda Rayhon xit-paradlar dasturidagi efir orti harakatlari aks etgan videoni Instagram sahifasiga joyladi, deb xabar berdi "daryo.uz".

30 mingdan ko‘proq marta ko‘rilgan video ostida xonandani kuzatib boruvchi Instagram foydalanuvchilari ikki toifaga bo‘linib qoldi. Ularning aksari Rayhonning xatti-harakati o‘ziga yarashganini aytib, uni olqishlagan bo‘lsa, qolgan qismi xonandani keskin tanqid ostiga oldi.

“O‘zbek tilini o‘rgatinglar, necha yildan buyon o‘zbekcha qo‘shiq aytadi, nima deyayotganini esa tushunmaydi”, — deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Boshqasi esa Rayhonga o‘zbek tilida o‘xshamagan dastur olib borgandan ko‘ra, yaxshisi rus tilidagi loyihalardan birida o‘zini sinab ko‘rishni maslahat bergan.

Izohlar orasida uyat, yaxshi emas, chiroyli ish emas kabi so‘z va jumlalarni uchratish mumkin.

“Rayhon hech qachon o‘zbekchani bilmagan. Rus qo‘shnilarim bor, o‘zbek tilida bemalol so‘zlasha olishadi. Kimgadir nasib qilar ekan, kimga esa yo‘q”, — deb rus tilida ham yozilgan.

Keyinroq Rayhon Instagram sahifasiga boshqa bir suratini joylab, unga shunday izoh yozdi:

“Ba’zida rasvo izohlarni o‘qib, hayron qolaman. Insondan nechog‘li nafratlanish mumkin, agar sen u inson bilan umuman tanish bo‘lmasang? Nahotki hamma narsa o‘zingizga qaytib kelishini tushunmasangiz? Siz mendan faqatgina gunohlarimni olmoqdasiz va buning uchun men sizlardan minnatdorman. Meni ko‘rolmaydigan insonlarning barchasiga baxt va muhabbat tilab qolaman. Balki shunda qanchalar adashganingizni tushunib etarsiz. Sizlarni samimiy sevaman va barchangizni hurmat qilaman”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Rayhonning efir ortidagi harakatlari aks etgan video o‘zbek tilida yaxshi gapira olmasligi uchun tanqidga uchradi