Shu kunlarda Toshkent shahri va Samarqand, Buxoro viloyatlarida Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi ko‘magida “Koreya festivali-2016” madaniy tadbiri o‘tkazilmoqda. Mazkur festival doirasida Toshkentda 17 oktyabr kuni “Koreya kinosi kunlari”ga rasman start berildi.
Bu haqda xabar qilgan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U o‘z nutqining boshini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga atalgan hamdardlik so‘zlari bilan boshladi. Elchi mazkur festival O‘zbekistonda yashovchi barcha millat vakillarini Koreya madaniyati bilan tanishishi uchun imkoniyat yaratishini ta’kidladi.
Samarqand shahrida “Koreya kinosi kunlari” 18 oktyabrda ochilgan bo‘lsa, Buxoroda 19 oktyabrda ochilishi mo‘ljallangan.
“Koreya kinosi kunlari” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 20 oktyabrgacha, Samarqanddagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida 21 oktyabrgacha va Buxoroning musiqa drama teatrida 22 oktyabrga qadar davom etadi.
“Koreya festivali” davomida Koreya milliy musiqa va raqs konserti, Koreya milliy o‘yinlari, rasmlar tanlovi va shu kabi qator qiziqarli madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi