12:52 / 12.11.2016
8 231

Jeki Chan faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi

Jeki Chan faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi

Xitoylik mashhur aktyor Jeki Chan 12 noyabrda Los-Anjelesdagi tantanali marosimda faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, "Oskar" mukofoti komissiyasi aktyorni kinematograf rivojlanishiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun taqdirlashga qaror qildi.

Aktyor 100 dan ko‘proq filmlarda suratga tushgan, ulardan ko‘pida ham rejissyor, ham prodyuser, ham ssenariynavis va qo‘shiqchi sifatida ishtirok etgan.

Kinematografdagi ulkan xizmatlari uchun "Oskar" mukofoti 1948 yilda joriy qilingan.

Avvalroq Chan Moskvaga tashrif buyurib, Xitoy kinosi festivali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu festivalda boshqa filmlar qatorida Chan bosh rol ijro etgan va rejissyorlik qilgan "Iz ortidan" filmi taqdim qilingan. Rossiya telekanallaridan biri tashrif chog‘ida Changa bir quti muzqaymoq sovg‘a qilgan. Chan bunga javoban hech qanday parhezlarga amal qilmasligini va o‘zini bu shirinlik bilan tez-tez xursand qilib turishini tan olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jeki Chan faxriy "Oskar" bilan taqdirlanadi