Ayni kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Xonandaning konsertini tomosha qilish va uni qutlash maqsadida ko‘plab muxlislari qatori shou-biznesning taniqli vakillari ham tashrif buyurmoqda. “Nihol” mukofoti sovrindori Doston Ubaydullaev ham hamkasbining konsertiga tashrif buyurib, Rahmatullaevning onasiga gul taqdim etdi.
Ayni holat tasvirlangan suratni Ubaydullaev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirarkan, marhum onasini xotirladi, o‘z konsertida onasiga gul taqdim etish nasib etmaganini aytdi.
“Onam olamdan o‘tib ketganlariga qariyb 23 yil bo‘ldi. Yaratgan rahmatiga olgan bo‘lsin. O‘zim konsert berganimda, onam yonimda bo‘lsalar, gul bersam, degan armonim bor edi. Bugun do‘stim Ulug‘bek Rahmatullaev menga bu imkoniyatni berdi. Do‘stimning onasiga gul berdim va bu orzum ushaldi. Do‘stimning onasi mening ham onam emasmi...”, deb yozadi Doston Ubaydullaev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi