22:12 / 26.11.2016
10 657

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

“Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi

“Mahallada duv-duv gap”, “Sen etim emassan”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab kinofilmlarni tomoshabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi Shuhrat Abbosov rejissyorligida ishchi nomi “Mahallada duv-duv gap - 2” (“Ana syurprizu, mana syurpriz”) badiiy filmini tasvirga olish ishlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda.

“Mahallada duv-duv gap - 2” kinofilmining asosiy voqealari Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olindi. Bosh qahramon, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – Xosiyat opa va uning uch nafar o‘g‘li atrofida ro‘y beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, mahalliy aholi ongida ro‘y bergan ma’naviy o‘zgarishlar, ertangi kunga bo‘lgan ishonchning ortishi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi.

Filmda bosh qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uch o‘g‘lini – yosh aktyorlar Erkin Bozorov, Sur’at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan.

Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Sharipov,Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Shamsiev, Dilshodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Shodiya To‘xtaeva, Shirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumush O‘ktamova kabi o‘nlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor.

Postanovkachi rejissyorlar – Shuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Ssenariy muallifi – Shoira G‘iyosova. Ikkinchi rejissyor Farhod Xudoyberdiev. Tasvirga olish guruhi qariyb 50 kundan buyon s’yomka jarayonlarida mehnat qilishmoqda.

Film ijodkorlarining ma’lum qilishlaricha, kartinani Navro‘z ayyomiga tuhfa qilish rejalashtirilgan.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Mahallada duv-duv gap - 2” haqidagi tafsilotlar ma’lum qilindi