16:54 / 16.12.2016
9 533

Toshkentda bo‘ladigan «Prezident archasi»ning eng arzon chiptasi 35 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda bo‘ladigan «Prezident archasi»ning eng arzon chiptasi 35 ming so‘mdan sotuvga chiqdi

Yangi yil kirib kelishi arafasida Toshkent shahridagi «Turkiston» san’at saroyida «Prezident archasi» teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etilishi an’anaga aylangan. An’anaga sodiq qolgan holda, bu yil ham 29–30 dekabr kunlari «Prezident archasi» teatrlashtirilgan konsert dasturi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Xabarda ta’kidlanishicha, chiptalar 35, 40, 45 ming so‘mdan «Turkiston» san’at saroyi kassalarida sotuvga chiqqan. Taklifnoma bilan kelgan bolalarga «Prezident sovg‘asi» hadya qilinadi, konsertga chipta xarid qilib kirgan bolalarga esa sovg‘a berilishi uchun ota-onalar qo‘shimcha pul to‘lashi lozim.

Ushbu konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi hamkorligida taqdim etiladi.

Bolajonlar uchun «Tomosha» bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan musiqiy dastur namoyish etiladi. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan bolalarga «Prezident sovg‘asi» Lola Karimova-Tillaeva boshchiligidagi «Sen yolg‘iz emassan» xayriya jamg‘armasi tomonidan topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda bo‘ladigan «Prezident archasi»ning eng arzon chiptasi 35 ming so‘mdan sotuvga chiqdi