Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Dunyo go‘zali” tanlovining bu yilgi g‘olibi puerto-rikolik Stefani Del Vale bo‘ldi.
18 dekabr kuni AQSh poytaxtida yakunlangan tanlovning ikkinchi o‘rnini Dominikan Respublikasidan Yaritze Migelina Reyes Ramires, uchinchi pog‘onani esa indoneziyalik Natasha Mannuela qo‘lga kiritdi. Bu natijalarni hakamlar hay’ati rasman e’lon qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
19 yoshli Del Valega tojni “Dunyo go‘zali - 2015” g‘olibi meksikalik Mireya Lalaguna topshirdi.
Tanlov yigirmataligi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Vengriya, Gana, Dominikan Respublikasi, Hindiston, Indoneziya, Keniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Kuka orollari, Mo‘g‘uliston, Puerto-Riko, Slovakiya, AQSh, Tailand, Filippin, Fransiya va Yaponiya vakillari kirdi. Hammasi bo‘lib 117 nafar qiz tanlovda ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Dunyo go‘zali” tanlovi Buyuk Britaniyada Erik Morli sharofati bilan 1951 yilda paydo bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi