24 303
Sevinch Mo‘minova: “Turmush o‘rtog‘im bilan alohida yashasak-da, o‘zaro munosabatlarimiz yaxshi”
Xonanda Sevinch Mo‘minova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan ayni paytdagi munosabatlari haqida so‘zlab berdi.
Sevinch shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarga batafsil to‘xtalishni istamadi.
“Lekin bir narsani aniq aytaman, biz hali qonunan ajrashganimiz yo‘q. Olti yil bo‘ldi turmush qurganimizga. O‘rtada har bir oilada bo‘lib turadigan turli gap-so‘zlar bo‘ldi. Orada alohida yashadik. Hozir ham alohida yashayapmiz. Lekin farzandimni otasiga ko‘rsataman. Kerak bo‘lsa, qizimizni birga bolalar maydonchasiga olib boramiz. Bu borada xudbinlik qilishni xohlamayman. Turmush o‘rtog‘imga xusumatim yo‘q, alamimni bola orqali olishni istamayman. Munosabatimiz, salom-aligimiz yaxshi haliyam. Chunki u farzandimning otasi, shuning uchun ham hurmat qilaman. Farzandimni otasidan mahrum qilish niyatim yo‘q. O‘ylashimcha, farzandga baribir ota kerak. Ming ota-onasi birga yashamagan taqdirda ham menimcha, qiz bolaga ota kerak. Lekin iloji boricha oilani saqlab qolish tarafdoriman”,—deydi Sevinch.
Boshlovchining “Baxt ortida dard” filmi premerasida Sharof va Sevinchning sahnaga alohida chiqishi sababi haqidagi savolga u quyidagicha javob berdi:
“Ha alohida-alohida chiqdik va boshqa-boshqa joylardar turdik. Buning sababi o‘sha paytda turmush o‘rtog‘im bilan oramizdan ola mushuk o‘tgan edi. Biroq, sahnada duet qo‘shiqni birga ijro etganmiz”.
“Ertaga nima bo‘lishini bilmayman, mobodo biz qonunan ajrashib ketsak ham, hali turmushga chiqish niyatim yo‘q. Chunki qizimga ota bo‘la oladigan insonni uchratishni oson deb o‘ylamayman. Men hozir qizimning kelajagi, uning tarbiyasi bilan bandman. Qizimni maktabga tayyorlash haqidagi xayollar bilan bandman”,—deydi Sevinch turmushga chiqayotgani haqidagi mish-mishlarga javoban.
Ma’lumot uchun, xonandalar Sevinch va Sharof 2010-yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi