20:49 / 23.12.2016
7 268

Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni milliy teleradiokompaniya suxandoni Galina Melnikovaga "O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti" faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Suxandon shu kuni 80 yoshni qarshi oldi.

"O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasidagi ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati, diktorlik san’atini rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun Galina Vitalevna Melnikovaga "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni berilsin", deyiladi hujjatda.

Galina Melnikova — oliy toifali suxandon, televidenieda 1956 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U ko‘p yillar davomida "Axborot" informasion dasturida boshlovchilik qilgan, turli tantanali marosimlarni olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi