16:13 / 24.12.2016
10 627

“O‘zbeknavo” lisenziya so‘ragan 50 san’atkorga eshikni ko‘rsatdi

“O‘zbeknavo” lisenziya so‘ragan 50 san’atkorga eshikni ko‘rsatdi

Tugib borayotgan yilning 9 oyi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining yig‘ilishida, lisenziya olgan xonandalar va lesinziya berishga loyiq bo‘lmaganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq aytildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 2074 nafar san’atkorga lisenziya berilgan.

Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish istagida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga murojaat qilgan 50 nafar san’atkor rad javobini olgan. (!) Mana, bu raqamlar “O‘zbeknavo” duch kelgan odamga lisenziya berayapti deydiganlarni xursand qilishi turgan gap.

O‘z konsert dasturini taqdim etish istagida bir martalik ruxsatnoma (lisenziya) so‘rab, “O‘zbeknavo”ning eshigini qoqqanlarning hujjatlari 29 ta ekspert komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Ulardan 554 kishiga bir martalik ruxsatnoma berilgan, 11 tasining arizasi rad etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbeknavo” lisenziya so‘ragan 50 san’atkorga eshikni ko‘rsatdi