27-12-2016 | 12:19 ZAMIN.UZ / Madaniyat / 27 dekabr 2016 yil
3 077

Kaniza: Davronni gapiga javob bermasam bo‘lmaydi

Каниза: Давронни гапига жавоб бермасам бўлмайди

Million jamoasi a’zosi Davron Kabulov bilan Kanizaning o‘rtasidagi bo‘layotgan ishlardan xabaringiz bor.

Internet olamida Kaniza, Davron Kabulovni oilasini buzganligi uchun sudga bermoqchiligi haqida gap so‘zlar tarqaldi va Davron Kabulov bunga munosabaatini bildirib o‘tgan edi. Albatta xalq bir taraflama fikrlar bilan tanishgan holda kimdir Kaniza taraf kimdir Davron Kabulov tomon bo‘ldi.

Davron Kabulovning fikrlari Kanizaga yoqmagan ko‘rinadi. Bir necha soat oldin Kaniza o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali Davron Kabulovga javob xati yozdi.

Kaniza quyidagilarni javob xati sifatida yozgan:

Davron Kabulovning matniga javob bermasam bo‘lmaydigan ko‘rinadi. Insonga insof kerak! Mavzu nimadayu u nimalarni qavlab yozdi? Tuhmatlar ham evi bilan!

1. Nega 3 oy o‘tgach? Chunki “Million” konsertiga hamma ham tushavermaydi, meni tanishlarim va qarindoshlarim ham albatta, bu bir xalqona bayram emaski xamma darrov bilsa, o‘zlariga bahoni ko‘p berishmasin, bu Ozodbek Nazarbekov yoki Yulduz Usmonova konserti emaski undagi xitlar ertasidan xalqqa tarqalsa.

2. 3 oy o‘tib endi onam bilgani ham shu bilan bog‘liq, onam AQShda, internetga endi qo‘yildi!

3. Piar men qilayotgan bo‘lsam, meni diskim sotuvga chiqqani yo‘q, hamma piar xozir aslida “Million” va uning diski foydasiga bo‘lmoqda. Balki shu sabab Davron umuman mavzudan tashqari eshitgan qandaydir fisqu fasodlardan tuzilgan matn tuzib tarqatib yotibdi? Jangga tenglashgani ayol kishi va ma’murimdan tortib to kimni konsertiga tushishimgacha yiqqan mavzudan yiroq mishmish bilan to‘ldirgan o‘sha matnida nima asos va nima mantiq bor?

4. Titrsiz repetitsiya bo‘lgan deb tan olgan Davron: Repetitsiyaga qatnashgan degani bu bir oy yoki bir hafta va bir kun avval ham emas, chunki aslida Gulsanam Mamazoitova bilan chiqishayotgan edi, Gulsanam opaga ular o‘zlarini istagan tarzdagi hazillariga kuch topa olmagani bois konsertni ikkinchi kuni meni taklif etishgan va faqat bir marotabagina titrsiz repetitsiya qilingan va buni radioda o‘zi tasdiqladi! Nega ikki xil gaplar? Davronni radiodagi gapi: https://www.youtube.com/watch?v=AuDCyRaJCJ0 tinglang! Repetitsiya bir kun bo‘lib va unda titr bo‘lmagan bo‘lsa nima deb o‘zini oqlayapti yana?! Repetitsiyada faqatgina meni bosh kiyimlarim bilan prikol qilish haqida menga aytilgan! Shunga ko‘nganman! Jasur Umirovdan tortib to hamma gaplarni Davron o‘zi tuzib berdi. Men konsertda chiqishimga ham roziligim faqat meni imidjim va boshimdagi narsalar prikoliga rozilik bo‘lgan! Davron insof bilan bo‘lsin! Nega shuni mard bo‘lib tan olmayapsiz?! Uyat emasmi?! Nega kelishilmagan titr qo‘yib yuborilgan? Konsert kunlari bir ikki martta ekranga qarab undagi yozuvlarga unchalik ahamiyat bermadim tushunmadim ham, chunki bu rejada bo‘lmaganku. Ular yomon narsalarga shama ekanini bilmaganman.

5. Mavzudan umuman tashqaridagi yig‘ib meni yana kamsitayotgan matningizga : Shahzodami boshqami hamisha hammani xurmatini joyiga qo‘yib quruq qo‘l bilan bormaganim ham muhokama bo‘lgani yana bir bora shou-biznesda oqibat ortiqcha ekanini tasdiqlaydi. Lekin, xar bir eshitgandim va tuyulgandir degan narsani yozaversa... bu narsalar ayollarga xosroqmidi diyman. Biror narsa haqida taxmin yoki eshitgan ig‘voni aytishdan avval uni tekshirish tugul odam sal faxm farosatini ishlatsa to‘g‘ri bo‘lardi. O‘zi uni nima aloqasi bor o‘zi bu mavzuga? Taklifnoma sotib olib yana tashakkur deganimni eslay olmadim, mantiqsiz! Gaplar isboti bilan bo‘lsin Davronbek, u mavzudan tashqari va g‘iybat bo‘lsa xam! Va umuman olganda, qaysidir bir san’atkor aytgandi: “Men konsertimga artistlarni taklifnoma berib ularni mashxurligi ortidan o‘zimga reklama qilganimdan ko‘ra ular o‘zlari chipta sotib olib kelganlari mana shu meni qo‘llab quvvatlagani va mening ular oldidagi xurmatim” deb. Iloyim “Million”chilar kuni kelib shu darajaga yetsinki tekin taklifnoma tarqatib old qatorlarni mashxur chexralar bilan to‘ldirishmasinu u san’atkorlar xammasi chipta sotib olib kelib yana gullar xam olib kelishsin.

Faqat kimlarnidir kamsitish orqali va yoki faqat uyatsiz mavzularga shama bilan konsert qo‘ymay, xaqiqiy ijod bilan izlanib xalqona mavzuda el qalbidan joy olishsin. Choyxona auditoriyasi uchun emas, oila bilan ko‘rib tan berishlik san’ati darajasida ustilarida ishlab rivojlana olishsin! Mana shunaqa ijodan katta kuchga erisha olishsin!

6. Turmush o‘rtog‘ini elga reklama qilmaydigan san’atkordan ko‘ra bugungi kunda ko‘z-ko‘z qilib reklama qiladiganlari ko‘pligi uchunam erim bormi yo‘qmi dolzarb mavzu ekani albatta ayanchli. Qancha san’atkor berkitgan va bugungi kunda ham bola-chaqali bo‘lib ketgan xamki erini ko‘rmagansiz. Shu uchunam bu ShAXSIY xudud. Uzr, erim san’at olamidan bo‘lganida u o‘zini reklama qilishni istagan bo‘larmidi. Kechirasizlar endi erimni ma’murim qilib uni reklama qilib yurmaganimga.

7. Ilk ma’murim qamalib chiqqani sir emas va bu jinoyat ishini ko‘p san’at olamidagilar guvoxi bo‘lishgan. U o‘zini aybini ham tan olgan. Men emas, u o‘zini jinoyati uchun qamalgan. San’at olamida xuddi boshqa hechkimni ma’muri pulga tushirmaganam va u xonandalar ariza ham yozishmaganam. Uzr katta pulga tushurib ketgan jinoyatchiga sotilgan uyimni kechirmaganim uchun. Uzr u men va onamni o‘sha vaqtlar uysiz ko‘chada qoldirgani uchun arz qilganimga.

8. Erkak kishi san’atkormi yo masxarabozmi, kuni ayollarni sahnaga olib chiqib kamsitib shu orqali pul topishdan asrasin! U erkakligini unutib qo‘ymasin ekan!

Aytmoqchi bo‘lganlarim shu edi. Hammaga e’tibor uchun rahmat. Ayolmanda uyim notinch bo‘lgan payti emotsiyada oilam buzuldi deb shoshib gapirvoribman. Mayli nima bo‘lsa buyog‘i peshonadan. Ayol kishi bilan olishish darajasiga borishni o‘ziga ep ko‘rmagan va maydagap bo‘lib umuman boshqa g‘iybatlardan foydalangan holda o‘zini aybini yopishga harakat qilmaydigan mardlarga cheksiz hurmatim! Mard va jiddiy erkaklar bor bo‘lsin hayotda!
UZR!


Zamin.uz ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, yangiliklardan xabardor bo‘ling.

Reyting:
  • Dislike
  • 0
  • Like
Havola:
Рейтинг@Mail.ru