13:14 / 04.01.2017
9 798

“MY5” bahonasida uchta xonanda to‘y uchun yangi qo‘shiqli bo‘ldi

“MY5” bahonasida uchta xonanda to‘y uchun yangi qo‘shiqli bo‘ldi

Yangi yil kirib kelishi arafasida “MY5” telekanali orqali efirga uzatilgan bayram dasturlari orasida “Butun olam bir manzilda” konsert dasturi ko‘pchilikka manzur keldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Dasturda o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ishtirok etib, xorijning eng tilga tushgan qo‘shiqlarini kuylab chiqdilar. Talab va istaklarga binoan dasturda kuylangan qo‘shiqlarni e’tiboringizga havola etib boramiz.

Premerani esa “Nihol” mukofoti sovrindorilari Dilso‘z, Madina Mumtoz va xonanda Feruza Karimova ijrosidagi “Asere he” qo‘shig‘idan boshlashni maqsad qildik.

Ushbu qo‘shiq tinglovchilarga juda yaxshi tanish. U bir necha yil avval, “Las Ketchup” guruhi tomonidan kuylangan bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha mashhurlik qozongan.

Xonandalar Dilso‘z, Madina Mumtoz va Feruza Karimova tomonidan qayta kuylangan qo‘shiqda Dilso‘z va Madinaning ovozi ajralib turibdi, Feruzaning esa xorij qo‘shiqlarini kuylash borasida unchalik uquvi yo‘qligini sezish qiyin emas.

Yana qaysi xonandalarning qo‘shig‘ini tinglamoqchisiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “MY5” bahonasida uchta xonanda to‘y uchun yangi qo‘shiqli bo‘ldi