18:17 / 05.01.2017
11 903

Obid Asomov: “O‘g‘limning Obid Asomovdek otasi bor, men esa etimman”

Obid Asomov: “O‘g‘limning Obid Asomovdek otasi bor, men esa etimman”

So‘z ustasi Obid Asomov ayni paytda Tailandning Pxuket orolida hordiq chiqarayotganini ma’lum qildi.

“Yangi yilda qorni kutaverib charchadik! ‘Achchiqni achchiq kesadi’ degan maqolga amal qilib, 30 daraja issiq mamlakatga kevoldik! Tailand , Pxuket! Ajoyib mamlakat! Xalqi juda muloyim, so‘ksangiz ham kulib turaveradi! Uchadigan narsalardan samolyotni , yuradigan narsalardan poezdni eyishmaydi ! Tirik jonzot borki nishxurtga chiqarilmaydi! Men ilgari Tailandda mendan baland inson yo‘q derdim, endi ko‘rib turganingizdek adashgan ekanman!O‘g‘il o‘tib ketdi!Nega o‘g‘lingiz shimdayu, siz shortidasiz? Degan savolga srazu javob beraman! O‘g‘limni Amerikalardan falon pulga jinsi shimlar olib keladigan Obid Asomovdek otasi bor! Men esa etimman! Qiskasi, yaxshi dam mehnatga hamdam”,—deb yozdi so‘z ustasi o‘g‘li bilan tushgan suratini izohlab.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Obid Asomov: “O‘g‘limning Obid Asomovdek otasi bor, men esa etimman”