Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Xilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Rayan Gosling va Emma Stoun mazkur filmda ijro etgan bosh rollari uchun mukofotga loyiq deb topildi.
«Oy nuri» (Moonlight) eng yaxshi dramatik film deb topildi. «Eng yaxshi dramatik aktyor» yo‘nalishida «Manchester» (Manchester by the Sea) filmida bosh rolni ijro etgan Keysi Afflek g‘olib bo‘ldi. Izabel Yupper esa «U» (Elle) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa deb tan olindi.
Eng yaxshi dramatik serial «Toj» (The Crown) bo‘ldi. «Eng yaxshi animasion film» yo‘nalishida mukofotni «Hayvonlar mamlakati» (Zootopia) multfilmi qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi