12:20 / 16.01.2017
11 522

Maykl Jeksonning 18 yoshli qizi dunyoga keldi

Maykl Jeksonning 18 yoshli qizi dunyoga keldi

Afsonaviy yulduz Maykl Jeksonning qizi Peris Jekson shu paytga qadar, turli yulduzlar ishtirokidagi tadbirlarda ishtirok etmasdi. «Oltin globus» mukofoti taqdimot kechasida bu an’anaga chek qo‘yildi. 18 yoshli Peris «Oltin globus» doirasida o‘tkazilgan InStyle jurnali bazmida ishtirok etdi. Buni xorijiy ommaviy axborot vositalari Perisni “dunyoga kelishi” deb atadilar.
U Diana Kryuger, Bleyk Layvli, Rayan Reynolds va boshqa kinoyulduzlar bilan birgalikda gilamli yo‘lkada turlanib, ommaga o‘zini namoyon qildi. Ushbu kecha Maykl Jeksonning qizi uchun debyut bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Endi uni yaqin orada, kino va tele loyihalarda ko‘rsak ajablanmaymiz. Balki otasiga o‘xshab, qo‘shiqchi bo‘lar, balki-da kinoyulduz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Maykl Jeksonning 18 yoshli qizi dunyoga keldi