19:16 / 21.01.2017
10 011

Lola sevgan insonini 2 yil avval uchratganini tan oldi

Lola sevgan insonini 2 yil avval uchratganini tan oldi

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning Instagram`ga joylayotgan suratlari va ularga yozib qoldirayotgan izohlari uning shaxsiy hayotida yaqin kunlarda katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Xususan, Lolaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan posti ham kutilganidek keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi “Darakchi” nashri.

“Sen qalbining har bir zarrasi bilan seni sevuvchi, muntazam sen haqingda o‘ylaydigan, har bir kunning har bir daqiqasida sen ayni paytda nima qilayotganing, kim bilan ekanliging va ishlaring yaxshi ekanligi bilan qiziqadigan insonga munosibsan. Senga orzularingni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan va seni o‘zingdagi qo‘rquvlardan himoya qiladigan inson kerak. Seni hurmat qiluvchi inson seni boringcha, hatto kamchiliklaring bilan sevadi. Senga seni haqiqiy ma’noda baxtli qila oladigan inson kerak. Munosib ekanmanmi?”,—deb yozdi Lola sevgan insoni bilan qo‘l ushlashib turgan suratini izohlab.

Mazkur surat qisqa fursat ichida 300 ga yaqin izohlarga sabab bo‘ldi. xonandani internet orqali kuzatib boruvchilar o‘zlarining turli fikrlarini yozib qoldira boshlashdi.

Aksariyat foydalanuvchilar Lolaga baxt tilagan bo‘lsa, xonandaning kelajagidan “qayg‘urib” negativ fikrlarni ham bildirdi.

“Bu erda juda chiroyli ko‘rinadi, biroq sen undan farzandlaringni o‘zinikidek qabul qila olishi haqida so‘raganingda, birdan rulni ushlashi kerakligi uning esiga tushadi va u bunga umuman tayyor emasligini aytadi. Bunday vaqtinchalik munosabatlarning bor mazmuni shunda”,—deb yozadi izohlarda “kuyunchak” muxlislardan biri.

Lola internet foydalanuvchisining bu fikrini javobsiz qoldirmadi:

“Ehtimol kimdadir shundaydir. Biz rulni birgalikda tutamiz. Va uning tayyor yoki tayyor emasligi haqidagi savol hatto yuzaga kelmaydi ham. Chunki, sevgan inson har doim tayyor bo‘ladi! Bir umrga! Sizga baxt tilayman”.

Yana bir muxlis “baxt sukunatni yoqtirishini va sevgi haqida ommaviy ravishda gapirish noto‘g‘ri ekanligi” haqida fikr bildirdi.

“Sukunatni 2 yildan beri yoqtiramiz. Ba’zan o‘z baxting bilan bo‘lishging keladi”,—deb yozdi Lola unga javoban.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola sevgan insonini 2 yil avval uchratganini tan oldi