Bugun, 23 yanvar tunda aktrisa Halima Ibragimovaga hujum qilindi. Bu haqda aktrisa o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deydi Qalampir.uz sayti.
“Xayrli kech. Bugun, taxminan soat 00:03 atrofida noxush voqea sodir bo‘ldi. Mening xonadonimda, shaxsiy mashinamga kimdir zarar etkazdi. Taxminimcha bu ishni ikki kishi amalga oshirgan. Ular ko‘chamga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushib qolishgan. Bu ishni kim qilganini taxmin qilayapman. Agar shu ko‘ngilsiz voqea haqida xabardor bo‘lganlar bo‘lsa, Direct’ga yozishingizni so‘rardim. Ma’lumot uchun pul mukofoti, suyunchi bor”, deb yozadi aktrisa.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning uyiga bir necha noma’lum shaxslar kelib, uning xonadoni va mashinasiga qarata tosh otishgan. Natijada Halima Ibragimovaga tegishli avtomobilning o‘ng tomondagi oynalari sinib, chil-chil bo‘lgan.
Hujum vaqtida Halima Ibragimova uyda bo‘lganmi yoki yo‘q, bunisi bizga noma’lum. Eng muhimi, uning o‘zi salomat.
Aktrisa ushbu xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgach, muxlislarining aksariyati bu ishni uni tanigan insonlargina amalga oshirishi mumkinligini, vaziyatga e’tiborsiz bo‘lmasdan, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi