Ijodkor Alisher Uzoqov bugungi kun aktyorlik maktabi haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Darakchi» gazetasi'ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Yosh, iqtidorli aktyorlar kamayib ketyapti, – deb gap boshladi Alisher Uzoqov. – Yaqinda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga borib, ma’muriyatga uchrashib, ‘Men talabalarga dars bermoqchiman, 4 yil ichida kino uchun kamida ikki nafardan yaxshi aktrisa va aktyor chiqarib beraman’, – deb aytdim.
O‘zbek kinosida porlagan so‘nggi yulduzlar – Farrux Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabovlardan keyin pichoqqa ilinadiganlardan oxirgisi men bo‘lsam kerak. Bundan xursand bo‘lmayman, aksincha, yangi qahramonlar chiqmayotganidan afsusdaman.
30 yoshga kirdim, ikki farzandli bo‘ldim. Sochim ham to‘kilib, qiyofam ancha o‘zgargan. Xohlaymanmi, yo‘qmi endi 18 yoshli yigit rolini o‘ynolmayman. Boshqa tengqurlarimda ham xuddi shunday jarayon kechyapti. Kinomizga yangi qahramonlar, yangi chehralar kerak.
Yangi filmim uchun uzoq vaqt davomida aktyor qidirdim. O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutidan ham o‘zim xohlagan aktyorni topa olmadim. Oxiri o‘sha rolni o‘zim o‘ynashga majbur bo‘ldim. Aslida bu filmda umuman ko‘rinmoqchi emasdim». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan