01:10 / 03.05.2015
9 228

Dilso‘z: «Begim»ni o‘zlashtirishibdi

Dilso‘z: «Begim»ni o‘zlashtirishibdi

Xonanda Dilso‘z ikki yil avval vodiyga xizmat yuzasidan borganida sodir bo‘lgan voqea xotiralari bilan bo‘lishdi. Bu haqda «7x7» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

«Bu voqeani har gal eslaganimda o‘zimni kulgidan to‘xtata olmayman. Xullas, ijodiy guruh bilan to‘yxonaga kirib bordik. To‘y avjida ekan. Shu payt tashqaridan bir yigit shoshib kirdi-da, navbatchi san’atkorlarga ‘Ikkita qo‘shiq aytamiz-u ketamiz’, – dedi.

Rosti, bu kelishuvdan biroz achchiqlandik. Qo‘shiqni eshitgach esa xunobimiz ikki hissa oshdi. Haligi xonanda qiz endigina radiokanallarda yangrayotgan ‘Begim’ taronasini ijro etsa, deng?! To‘g‘rirog‘i, ijromga shunchaki og‘iz qimirlatib turibdi! ‘Tavba, shunaqasi ham bo‘lar ekan-da!’ deb yoqa ushlagandik».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilso‘z: «Begim»ni o‘zlashtirishibdi