15:56 / 07.03.2015
10 439

UMS yangi tarif rejasini ishga tushirdi

UMS yangi tarif rejasini ishga tushirdi

“MTS-O‘zbekiston” mobil aloqa operatori o‘rnida o‘tgan yilning 1 dekabr kunidan faoliyat boshlagan UMS’ning jismoniy shaxslar uchun tariflari soni 4taga etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilindi.

Bungacha Start, Maxi va Absolut (VIP) tarif rejalari mavjud edi. To‘rtinchi tarif esa Optima deb nomlanadi.

Optima tarif rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab UMS aloqa operatorining ichki qo‘ng‘iroqlari uchun 250 daqaqalik bepul bonus, 100 Mblik internet trafigi beriladi. Kirish qo‘ng‘iroqlari bepul.

Shuningdek, 250 daqiqalik bonus tugagandan keyin, ichki qo‘ng‘iroqlar daqiqasiga 2 sentdan hisoblanadi, boshqa mobil operatorlariga tegishli raqamlar va shahar uy telefonlariga chiqish uchun esa daqiqasiga 2,5 sentdan to‘lanadi.

Bu tarif rejasida kiruvchi smslar tekin, UMS raqamlariga jo‘natiladigan smslar 2 sentdan, boshqa mobil operatorlariga tegishli raqamlarga jo‘natiluvchi smslarning har biri uchun 2,5 sent olinadi.

Xalqaro smslar narxi esa 15 sent qilib belgilangan.
Raqam bilan birga berilgan 100 Mb internet trafigi tamom bo‘lgach, har kuni 1 Mb trafik berib boriladi.

Optima tarifida abonent to‘lovi bir oyda 5 dollardan iborat.

Bu tarifga o‘tish uchun, *111*102# teriladi yoki sms orqali 616102 manziliga 1 raqami yuboriladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » UMS yangi tarif rejasini ishga tushirdi