17:14 / 11.03.2015
6 830

Burger King bolalar taomnomasidan gazli ichimliklarni olib tashladi

Burger King bolalar taomnomasidan gazli ichimliklarni olib tashladi

Burger King restoranlar tarmog‘i bolalar uchun mo‘ljallangan taomnomasidan spirtsiz gazli ichimliklarni olib tashladi, deb xabar berdi “Agence France-Presse” axborot agentligi.

«Biz bolalar taomnomasidan gazli ichimliklarni olib tashladik, endi ular bu taomnomalarda boshqa paydo bo‘lmaydi”, dab aytilmoqda kompaniya xabarida.

Endilikda Burger King’ning bolalar uchun mo‘ljallangan barcha taomnomalarida olma sharbati, yog‘sizlantirilgan sut yoki yog‘siz shokoladli sut taklif etiladi.

“Soda va boshqa shirin ta’mli salqinlantiruvchi ichimliklar qand diabeti kasalligi, karies, ortiqcha vazn to‘plash va yurak kasalliklarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kichkina bolalarga mo‘ljallangan ovqatlarda ularga o‘rin bo‘lmasligi kerak. Biz Burger King’ning bunday mas’uliyatli qarorini ma’qullaymiz va ularning barcha shoxobchalarini bu qarordan o‘rnak olishiga chaqiramiz”, deb kompaniyaning ushbu tashabbusiga izoh berib o‘tdi Jamiyat manfaatlari yo‘lidagi fan markazi.

Ma’lumot uchun, Burger King butun dunyo bo‘ylab tarqalgan 13 mingta restorani va savdo nuqtalarida kuniga 11 mln kishiga xizmat ko‘rsatadi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Burger King bolalar taomnomasidan gazli ichimliklarni olib tashladi