13:49 / 13.10.2016
7 167

Toshkentdan Andijonga yana bir temir yo‘l reysi ishga tushirildi

Toshkentdan Andijonga yana bir temir yo‘l reysi ishga tushirildi

«Toshkent-Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha yangi temir yo‘l reysi kechki vaqtda otlanadi.

17 oktyabrdan Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha temir yo‘l reysi ishga tushiriladi, xabar qildi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.

№62/61 reysi poezdi Toshkentdan 16:30 da yo‘lga chiqib, Andijonga 22:30 da etib boradi. Andijondan esa 6:00 da otlanib, poytaxtga 12:10 da etib keladi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning qayd etishicha, yangi reys ishga tushirilishi munosabati bilan 18 oktyabrdan boshlab №391/392 «Andijon-Buxoro-Andijon» reysi va №91/92 «Toshkent-Andijon-Toshkent» reysi jadvallariga o‘zgartirish kiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkentdan Andijonga yana bir temir yo‘l reysi ishga tushirildi