Xiaomi vise-prezidenti Xyugo Barra Reuters bilan suhbatda nima uchun uning kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab smartfonlar sotuvining pasayishidan (12 foizga) u qadar zarar ko‘rmasligiga izoh berdi.
"Biz smartfonlarni ishlab chiqarishdan foyda ko‘rmaymiz. Bizni ko‘proq uzoq muddatli daromad manbalari qiziqtiradi. Kompaniya 10 milliardlab smartfon sotib, bundan umuman foyda ko‘rmasligi mumkin".
Xyugo Barra, Xiaomi vise-prezidenti
Barraning so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi o‘zining boshqa turdagi mahsulotlari - dasturiy ta’minot, servislar va "aqlli uy"dan daromad olishga umid qilmoqda.
TechCrunch'da ta’kidlanishicha, Xiaomi kompaniyasining ishga yondashuvi u ko‘pincha qiyoslanadigan Apple'ga emas, Amazon'ga yaqinroq. Xiaomi o‘z qurilmasini minimal narxda sotadi, sotuvdan tushgan pullar faqat ularni ishlab chiqarish va etkazishni qoplaydi. Amazon bir martagina o‘z telefoni sotuvini yo‘lga qo‘yganda muvaffaqiyatsizlikka duch keldi, Xiaomi qurilmalari esa xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi.
Bugungi kunda smartfonlar sotuvidan daromad ko‘rayotgan yagona kompaniya - Apple. 2016 yilning uchinchi choragida bu sohadagi operasion daromadning 104 foizi unga to‘g‘ri keldi (raqamlarning 100 foizdan yuqoriligiga sabab - raqiblarning bu borada tanazzulga uchraganligi). Samsung bu bozorda o‘z smartfonlarining 20 foizini sotgan bo‘lsa-da, u umumiy operasion daromadning atigi 0,9 foiziga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!