AQShdagi ishsizlik darajasi noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 0,3 punktga pasaygan va 4,6 foizni tashkil etdi, deyiladi AQSh Mehnat vazirligi hisobotida. Bu so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi eng quyi ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozmoqda manbaga asoslangan holda Kun.uz sayti.
Oylik statistika ma’lumotiga ko‘ra, jami ishsizlar soni 7,4 mln kishini tashkil etgan. Aholining erkak qatlami orasidagi ishsizlik 4,3 foizgacha pasaygan, ayollar orasidagi ishsizlik deyarli o‘zgarmagan 4,2 foizligicha qolgan. O‘smirlar orasidagi ishsizlik darajasi 15,2 foizni tashkil etmoqda.
Bu xabar Reuters agentligi murojaat qilgan tahlilchilarning prognozlaridan yaxshiroq bo‘lib chiqdi.
Mamlakat aholisining ishchi kuchidagi hissasi 62,7 foizga qisqargan. Bu esa 1978 yildagi eng past ko‘rsatkichga yaqindir.
Mehnat bozorining barqaror o‘sayotganiga oid ma’lumotlar esa, Federal zaxira tizimining dekabr oyidagi majlisida qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishga yuz foizlik imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?