Osiyo taraqqiyot banki 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi Qarshi-Shahrisabz-Kitob avtoyo‘lining 77 kilometrini modernizasiya qilishga 198 mln dollar kredit ajratishni tasdiqladi, deya xabar qildi Gazeta.uz nashri.
«Yo‘llarning modernizasiya qilinishi O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va Evropa, shuningdek, Osiyo mintaqasida savdo-sotiqni rivojlantirish uchun etakchi tranzit puntki sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi, — dedi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo Departamentining transport bo‘yicha bosh mutaxassisi. — Loyiha doirasida yo‘l xavfsizligi choralarini qo‘llash, mutasaddi agentlik va mahkamalar salohiyatini rivojlantirish evaziga yo‘l ob’ektlari va yo‘llarni boshqarish holati yaxshilanadi».
Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik dasturi ishtirokchisi hisoblangan O‘zbekiston yo‘llari va avtomagistrallarining xalqaro tranzit trafigiga yuk tashishlar hajmining 10 foizga yaqini hamda ichki yuk va yo‘lovchi tashish miqdorining 88 foizi to‘g‘ri keladi.
Loyiha doirasida Qarshi, Shahrisabz va Kitob o‘rtasidagi mavjud avtomagistralning ikkita uchastkasini yo‘l xavfsizligi va iqlim o‘zgarishlariga moslashish talablari inobatgaga olingan holda to‘rt qatorli sementbeton qoplama yotqizish yo‘li bilan modernizasiya qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur yo‘lni modernizasiya qilish Qarshi-Kitob avtomobil yo‘li bo‘ylab yillik trafik hajmi 2022 yilga qadar 2015 yildagi 9408 o‘rniga 14 ming avtotransport vositasiga qadar ortadi. Shuningdek, loyiha halqaro savdo-sotiq va turizmning rivojlanishiga ham ulkan hissasini qo‘shadi.
Loyiha uning asosiy ijrochisi hisoblangan Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda yo‘llarni loyihalashtirish va qurilish standartlari bo‘yicha ayrim loyihaviy institutlar vakillarining boshqaruv ko‘nikmalarini yaxshilashga qaratilgan salohiyatni rivojlantirish komponentlarini ham o‘z ichiga oladi.
Loyihaning umumiy qiymati 266,2 mln dollar bo‘lib, uning 68,2 mln dollari hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Loyihaning 2021 yil oxirida yakuniga etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!